Prezidentlik saylovini sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan uchrashuv

0
1236

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosi yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonliklarini oshirish, saylov qonunchiligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berish maqsadida 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi va a’zolaridan iborat bir guruh mutaxassislar taklif etildi.

Qimmatli ma’lumotlarni kengroq davraga yetkazish maqsadida okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar videoko‘prik orqali bog‘lanish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mutaxassislar tomonidan yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayon – Prezidentlik saylovini muddatidan oldin o‘tkazishga doir saylovchilik qonuni hamda saylov uchastkasiga xorijiy davlatlar kuzatuvchilari tashrifini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokining qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgani ham harbiy xizmatchilar uchun foydadan holi emas.

Ochiq muloqotlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting