“Nukus” poligonida artilleriyachilarning kasbiy mahorati oshirilmoqda

0
930

O‘lkamizning eng olis garnizonida joylashgan “Nukus” umumqo‘shin poligonida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlarining artilleriya bo‘linmalari bilan lager yig‘ini o‘tkazilmoqda. Yig‘in doirasida reaktiv, stvolli artilleriya hamda minomyot bo‘linmalari mutaxassislari zamonaviy janglarda artilleriyani qo‘llash bo‘yicha bilimlarini boyitishmoqda.

Olis masofadagi shartli nishonlarga qarata qaqshatqich zarba berish orqali yuqori jangovar shaylikni namoyish etgan artilleriya mutaxassislari bu safar ham mahoratda tengsiz ekanini namoyish etishga harakat qilyapti.

Saf ko‘rigidan boshlagan yig‘in ishtirokchilarning tayyorgarligini, qurol-aslaha va harbiy texnikalarning jangovar shayligini yana bir bor sinovdan o‘tkazishga xizmat qildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘t otish guruhlarining jipsligi, mudatli harbiy xizmatni o‘tayotgan kursantlarning mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari yuksalib, mahorati oshirilmoqda. Lager yig‘inida artilleriya bo‘linma ofitserlaridan otish va o‘t ochishni boshqarish bo‘yicha amaliy sinovlar qabul qilinyapti.

Shuningdek, yig‘in doirasida mutaxassislar bilan maxsus tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik va muhandislik tayyorgarligidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilyapti.

Yig‘in ishtirokchilarining jismoniy va ruhiy bardoshligini oshirish, jamoaviy jipslikni mustahkamlash hamda ekstremal vaziyatlarda tez qaror qabul qilish ko‘nikmasini oshirish maqsadida ruhiy barqarorlik to‘siqli yo‘lagidan jamoa bo‘lib o‘tish mashqlari bajarilmoqda.

Yig‘in doirasidagi mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting