Markaziy harbiy okrugda texnik-ta’minot masalalari o‘rganildi

0
1755

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev operativ dala safari bilan Markaziy harbiy okrugga tashrif buyurdi.

Tashrif rejasiga muvofiq vazir oʻrinbosari tomonidan Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarning texnik-taʼminot masalalari o‘rganildi va muhokama qilinib, yangi namunadagi taʼminot boʻyicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugning situatsion markazida mudofaa vaziri oʻrinbosari hamda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni ishtirokida videoaloqa tarzida yigʻilish oʻtkazildi. Unda boshqaruv apparati harbiy xizmatchilari hamda okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism komandirlari ishtirok etdi.  

Yigʻilishda harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini taʼminlash, ularni soz holatda saqlashda koʻrsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati, har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi oʻziga biriktirilgan qurol-yarogʻ va harbiy texnika uchun masʼul ekanligi taʼkidlandi. Yakunda tegishli tartibda harbiy xizmatchilarga zarur koʻrsatmalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting