Mudofaa vazirligi markaziy apparatida dolzarb mavzuda ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

0
1893

Narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish har qanday inson taqdirini izdan chiqarishi hayotiy tajribalar bilan isbotlangan.

Ularning jamiyatga, oila va atrof-muhitga qanchalik ayanchli oqibatlarga olib kelishi doim kuzatilib kelingan. Shuning uchun qaysi sohada bo‘lmasin Asr vabosi deb atalmish bu illatlarga qarshi barchadan birgalikda kurashishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati majlislar zalida tashkillashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiya ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.

Shaxsiy tarkib orasida giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm va OITS kasalliklari tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Lutfullo Buzrukov, respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov, Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Akmal Alimov, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilimiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdujamshid Po‘latovning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Ilmiy-amaliy konferensiya videoselektor shaklida o‘tkazilib, unda barcha harbiy okruglar, harbiy bo‘linmalar, harbiy tibbiyot muassasalari shaxsiy tarkibi va xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar o‘z ma’ruzalarida yuqorida nomlari keltirilgan illatlarning iqtisodiy, ma’naviy, tibbiy va oilaviy hayotdagi asoratlari har bir inson uchun o‘ta ayanchli ko‘rinishlarda yakunlanishini videoroliklar hamda foto slaydlar orqali keltirib o‘tishdi.

Asror RO‘ZIBOYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar deraptamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting