Qashqadaryodagi oromgohlarda qiziqarli trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

0
1165

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari Qashqadaryo viloyatida joylashgan oromgohlarda bolajonlar bilan turli trening mashg‘ulotlari o‘tkazib, ularning  ma’naviy salohiyati yanada yuksalishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Shahrisabz shahrida joylashgan “Lochin” va “Beruniy” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda okrugning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi vakillari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mutaxassislar hamda harbiy psixologlar jamoasidan iborat ishchi guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Ziyo maskani – kutubxonada o‘tgan suhbat va turli musobaqalarda yoshlarning savodxonligi va bilimlari sinovdan o‘tkazilib, internet tarmog‘idan ko‘ra mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borildi. Ayniqsa, harbiy psixologlar tomonidan o‘tkazilgan jamoani jipslashtiruvchi, diqqatni oshiruvchi, hissiy emotsional barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan mashqlarda bevosita ishtirok etayotgan bolajonlar quvonchi yanada ortgan bo‘lsa ajabmas.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting