Soha mutaxassislarining ko‘nikmalari oshirildi

0
1132

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug, qo‘shilma va markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism va oliy ta’lim muassasalarining avtomobil xizmati ofitserlari hamda harbiy okrug ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari komandirlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘in Mudofaa vazirligining soha yo‘nalishi bo‘yicha buyruq va direktivalarini hamda boshqaruv hujjat talablarini to‘liq o‘rganish, shuningdek, avtomobil xizmati boshliqlarining qo‘shinlarni avtotexnik ta’minoti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish kabi maqsadlarda o‘tkazildi. Yig‘in avvalida ishtirokchilar mashg‘ulotlar rejasi bilan tanishib chiqdi.

Mutaxassislar tomonidan kun tartibiga asosan “Yangi rusumdagi avtomobil texnikalarni safga qo‘yish”, “Avtomobil texnikasini rivojlantirish istiqbollari”, “Avtomobil texnikasini ekspluatatsiya qilish tartibi va motoresurslarini tejash tadbirlari” kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Farg‘ona garnizonidagi ko‘chma ta’mirlash ustaxonasida mashg‘ulotlarning amaliy jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Yig‘in ishtirokchilari bilan «UzAuto Motors» avtomobil zavodida ham mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan mazkur zavodning ish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shundan so‘ng mutaxassislar bilan o‘zaro  tajriba almashdilar.

O‘quv-uslubiy yig‘in yakunida ishtirokchilarning egallagan bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting