Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xalqaro ilmiy ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘ldi

0
1571

Barcha sohalar singari O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida ham harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish uchun keng sharoitlar yaratilgan. Bunga javoban esa harbiy xizmatchilarimiz nafaqat Mudofaa vazirligi, balki xalqaro miqyosda o‘tkazilib kelinayotgan tanlovlarda ham faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

“Scientific academy” ilm-ma’rifat tadqiqotlar markazining tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy va “Best publication” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ko‘rik-tanlovlarda ona Vatanimizni yanada gullab yashnashi va rivoji uchun ulkan hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi, bilimdon, izlanuvchan, shuningdek, innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim tizmini takomillashtirish, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Toshkent shahrida mazkur xalqaro ko‘rik-tanlovlarning dastlabki bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi shundaki, Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlik harbiy xizmatchilari kapitan Ahrorjon Safaraliyev va kichik serjant Farruh Abbasov mazkur tanlovda g‘olib bo‘lishdi. Ular “Best publication” va “Scientific academy” ilmiy tadqiqotlar markazining “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” va “O‘z kasbining fidoyisi” esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xalqaro miqyosida o‘tkazilgan yuqori darajadagi ilmiy ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, kuchlilar qatoridan o‘rin olayotgani Qurolli Kuchlarimizda ilmiy sohada ha jadal islohotlar ketayotganidan darak beradi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommuikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting