Olis hududlarda o‘tkazilgan festivallarda minglab yoshlar qamrab olindi

0
1721

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi garnizonlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan viloyatlarning olis hududlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidan  harbiy-vatanparvarlik festivallarini o‘tkazdi. Jumladan, “Yoshlar oyligi” doirasida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida hamda Jizzax va Samarqand shahrida keng qamrovli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Minglab yoshlarni jamlagan festivallar harbiy xizmatchilardan iborat harbiy-vatanparvarlik karvonining markaziy ko‘chalar bo‘ylab marsh harakatlari bilan boshlandi. Tadbirlarda mahalliy hokimliklar, harbiy xizmatchilar, viloyat va tuman Mudofaa ishlar bo‘limi vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Kattaqo‘rg‘on garnizoni

O‘tkazilgan festivallarning asosiy qismida so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida gapirib, barchani “Yoshar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni
Samarqand garnizoni
Samarqand garnizoni

Yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan gala-konsertlar davomida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi, faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoasining ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarrannum etuvchi kuy-qo’shiqlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni

Okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting