Namangan yoshlarini birlashtirgan harbiy-vatanparvarlik festivallari

0
554

“Yoshlar oyligi” doirasida Namangan viloyati Uchqo‘rgon va Kosonsoy tumanlarida  “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, “Vatanparvar” tashkiloti, tuman yoshlari, qator idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Festivalning ochilish marosimida so‘z olganlar yoshlarni yaqinlashib kelayotgan sana munosabati bilan samimiy tabriklab, ularni bugungi yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish va kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan komil insonlar bo‘lib yetishishlariga tilakdosh bo‘ldi.

Tadbir davomida harbiy qism faxriy qorovul va harbiy orkestr jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari, “Vatanparvar” tashkilotining sport texnikalari va o‘quv avtomobillari ko‘rgazmalari barchaning e’tiborini tortdi. Fistival xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.

Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda o‘takzilayotgan bu kabi festivallar minglab yoshlarni — ertamiz egalarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirayotgani bilan ahamiyatlidir.

 Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting