Maxsus ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

0
645

Xabaringiz bor, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan aholining mehnatga layoqatsiz va ijtimoiy ta’minotga muhtoj qatlamiga yaqindan ko‘mak berish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining qator tuman va mahallalarida ishchi guruh tomonidan  oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Amaliy ishlarni yorqin samarasi sifatida esa Zangiota tumani “Baliqchi” MFY “Baliqchishox” ko‘chasi 128-uyda yashovchi fuqaro Jupar opa Alibekova xonadonini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Bu oila 80 yildan oshgan, hozirda ta’mir talab holatga kelib qolgan xonadonda turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan istiqomat qilib kelar edi. Bugun ushbu go‘sha butunlay qayta qurilib, yashashga tayyor holda o‘z egalariga topshirildi. Butun qishloq ahli xonadon sohiblarining quvonchiga birdek sherik bo‘ldi. Chunki bundan bir necha oy avval Mudofaa vazirligi rahbariyati “Baliqchi” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ishchi guruhga qator vazifalar qo‘ygan edi.

Shu bilan birga, mahallada yangidan qurib bitkazilgan sport majmuasi qishloq yoshlari uchun foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, kecha 14-iyun kuni Toshkent viloyatining qator tumanlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ta’minotga muhtoj oilalarning uy-joylari ishchi guruh tomonidan qayta ta’mirlanib, uy egalariga topshirildi. Xususan, Piskent tumani “Suvti” MFYda yashovchi fuqaro Aziza Xolboyevaning xonadoni ishchi guruh tomonidan ta’mirlanib, o‘z egalariga topshirildi. Bundan tashqari, ushbu mahallaning “O‘zbekiston” ko‘chasida yashovchi fuqarolar Dilrabo Gʻafforova va Komila Qaxorova xonadonlari ham to‘la ta’mirdan chiqarildi.

Malakali mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruh Toshkent viloyatida aholiga har tomonlama ko‘mak berishda davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting