Termizda keng qamrovli yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi

0
717

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida o‘tkazilgan “Yoshlar sayli”da minglab o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi. Dastlab harbiy vatanparvarlik karvoni yoshlar hamrohligida Termiz shahar markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.

Yoshlar saylining asosiy qismi gala-konsert dasturi bilan boshlandi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar, yigit-qizlarimizni yetuk kadr qilib tarbiyalashda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari pul mukofotlari hamda sport anjomlari bilan taqdirlanib, sertifikatlar tantanali topshirildi.

Gala-konsert dasturida estradamiz yorqin yulduzlari Shohruhxon, Sevinch Ismoilova, Sardor Toirov, “Via marokand”, “Bojalar” va “Benom” guruhlari, shuningdek, taniqli boshlovchilarning chiqishlari yoshlar saylini haqiqiy bayram shouga aylantirdi.

Shuningdek, kun davomida tantanali tadbirlardan “Kitoblar karvoni”, “Ziyolilar forumi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Mening qonunim – mening taqdirim” kabi turli loyihalar ham o‘rin oldi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting