Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodi xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

0
1334

Chirchiq shahridagi Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodi xodimlari Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Unda shifokorlar tomonidan Qurolli Kuchlar xizmatchilarining salomatligi ko‘zdan kechirilib, mehnat muhofazasi me’yorlari, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, kasb kasalliklarining oldini olish yuzasidan zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

 

 

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali ambulator poliklinika markazi ichki kasalliklar bo‘limi boshlig‘i tibbiy xizmat podpolkovnigi Sobitjon Doniyorovning ta’kidlashicha, ikki kun davomida okulist, terapevt, lor, xirurg, nevropotolog, dermatovenerolog singari tor mutaxassislar zavod xodimlariga tibbiy xizmat ko‘rsatishdi. Barcha xodimlardan laboratoriya bo‘limida qon tahlillari olinib, zamonaviy EKG, ultratovush apparatida tekshiruvdan o‘tkazildi. Ayrim xodimlarga gospitalda davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berishga qaror qilindi.

– Avvalari ancha olisga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majbur bo‘lar edik, – deydi Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodi 6-sex kran operatori Luiza Ro‘zbekova. – Shifokorlar bizga shunchalik g‘amxo‘rlik qilib, laborator tekshiruv natijalari asosida tibbiy maslahatlar berayotganidan minnatdorman.

Katta leytenant Dilshod RO‘ZIQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar d
epartamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting