Harbiy qismlarda yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

0
630

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarning birida Samarqand shahridagi 13-16-28-umumta’lim maktablari uchun, Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Paxtakor tumanidagi 4-7-20 hamda 3-umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchi yoshlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat qilish imkoni yaratildi.

Har ikki garnizonda o‘tkazilgan ushbu tadbirlar davomida 400 ga yaqin o‘quvchi yoshlar qamrab olindi.

Unda yoshlar harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar borasida yaqindan tanishdi. Jumladan, o‘quv binosi, kutubxona, yotoqxona, oshxona, sport zal, tibbiyot punkti hamda madaniyat markazlarida bo‘lib milliy armiyamizning bugungi qudrati va salohiyati borasida ko‘proq tushunchaga ega bo‘lishdi.

Ayniqsa, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda ponaramali o‘q otish majmualarida o‘tkan soniyalar ularning xotirasida bir umrga muhrlandi.

Harbiy xizmatchilar va yoshlar ijrosida kuylangan Ona vatanni va tinchlikni ulug‘lovchi go‘zal kuy-qo‘shiqlar esa, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mazmunli va unitilmas onlarga boy tarzda o‘tkan sayohat yakunida yoshlar uchun harbiy qismlarning oshxonasida harbiycha toam tortiq etildi va takshilotchilar va yoshlar dildan suhbat qurishdi va yoshlar kelgusida men harbiy bo‘laman istaklarini uyg‘ongani bildirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati