Markaziy harbiy okrugda keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivallari

0
1983

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli festivallar o‘tkazildi.

Jumladan, Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar viloyatning Nurota va Konimex tumanlari hamda Zarafshon shahrida, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy xizmatchilar Bulung‘ur, Qo‘shrabot hamda Urgut tumanlari va Samarqand shahridagi “Vatanparvar” mahallasida, Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari esa Forish hamda Paxtakor tumanlarida bo‘lib, tadbirlarda ko‘p sonli yoshlarni qamrab oldi.

Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni

Barcha festivallar erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni hamda tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi.

Tadbirlarning asosiy qismida viloyat va tuman sektor rahbarlari, okrug mas’ul ofitserlari, harbiy xizmatchilar, shahar va tuman Mudofaa ishlar bo‘limi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizoni
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizoni

Joylarda o‘tkazilgan festivallar davomida tuman yoshlari  va yosh harbiy xizmatchilar turli ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalarida ham bellashishdi. Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu bilan birga, yurtimiz ravnaqi yo‘lida ularning dahldorlik hissini oshirishni maqsad qilgan harbiy xizmatchilar yoshlar uchun harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni

Tadbirlarning badiiy qismi doimgidek ertamiz egalariga bayram shukuhini ulashdi. Xususan, harbiy orkestr ijrosida taralgan kuy-qoʻshiqlar, harbiylar va yoshlar tomonidan ko‘rsatilgan turli sahna koʻrinishlari barchaga birdek manzur boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting