Farg‘onada keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
1182

Fargʼona viloyati Qo‘qon shahrida keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar, harbiy orkestr jamoasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ittifoqi Fargʼona viloyat kengashi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida “Vatanpavar” tashkilotining ko‘rgazmalari va harbiy xizmatchilarning qurol-aslaha namoyishlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning turkum chiqishlari va harbiy orkestr jamoasining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning ona Vatanga muhabbatini, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini oshirish, xususan, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom vatanparvar yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirishdir.

                                                             Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting