G‘olib sportchilar tantanali kutib olindi

0
1070

Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha Grand-pri musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi natijalariga ko‘ra, -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Ulug‘bek Rashitov mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida +80 kg vazn toifasida jang qilgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi.

Bugun, 13-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar tantanali kutib olindi.

Unda so‘z olganlar sportchilarni ushbu zafarli g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, yurtimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘tarish yo‘lidagi kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

G‘oliblarga Mudofaa vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ro‘ziqul OCHILOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting