“Yangiariq” poligonida “Kalibr” klubining navbatdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

0
1291

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti hamda Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan “Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi tashkil etilgan.

50 nafarga yaqin havaskor va professional xorazmlik ovchilarni jamlagan “Kalibr” klubining navbatdagi mashg‘ulotida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Xorazm viloyati kengashi rahbariyati hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Mashg‘ulot avvalida o‘ndan ortiq o‘quv nuqtalarida harbiy texnika va qurol-aslahalar, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini ta’minlash uchun yaratiladigan o‘quv-moddiy bazalar, yashovchanlik, ovchilik va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mavjud bo‘lgan anjom-aslaha va vositalar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

 

Shundan so‘ng mashg‘ulotlarning asosiy qismiga o‘tildi. Xususan, turli kalibrli silliq stvolli va stvoli narezli qurollardan uzoq masofalarga to‘g‘ri otishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy o‘quvlar tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotlariga parallel ravishda klub a’zolari o‘rtasida o‘zaro bellashuvlar o‘tkazildi. Ovchilar 30 dan ziyod qurollar bilan musobaqada ishtirok etdi.

Tadbir yakunida mashg‘ulot ko‘lami muhokama qilinib, musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting