Vodiy viloyatlarida “Yoshlar oyligi” qizg‘in davom etmoqda

0
939

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallari yuqori saviyada davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tdi. Qurol-aslahalar namoyishi, harbiy orkestr va faxriy qorovul chiqishlari hamda turli ko‘rgazmali mashg‘ulotlar festival ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, faxriy qorovul jamoasi hamda harbiy orkestrning birgalikdagi maxsus chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, Andijon viloyati Xonobod shahrida ham “Yoshlar oyligi” doirasida harbiy-vatanparvarlik festivali yuqori saviyada tashkil qilindi.

Dastlab tuman markaziy ko‘chalarida harbiy orkestr sadolari ostida harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalarning tantanali marshi amalga oshirildi. Tadbirining asosiy qismida qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari, harbiy orkestrning konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi. “Vatanparvar” tashkilotining yoyma ko‘rgazmalari ham shular jumlasidan.  

Bu kabi tadbirlar vodiy viloyatlari bo‘ylab joylarda keng ko‘lamda davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting