Shimolda dzyudo bo‘yicha okrug chempionati g‘oliblari aniqlandi

0
1733

Har yili dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari birinchiligi musobaqalari o‘tkaziladi. Ayni kunlarda harbiy okrug va muassasalarda mazku bellashuvning saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, musobaqaning Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug bosqichi yakunlanib, final ishtirokchilari aniqlandi. Musobaqada Nukus va Urganch garnizonlaridan eng mahoratli dzyudochilar g‘oliblik uchu kurash olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, vaznlar toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar quyidagilar:

60 kilogram vazn toifasida — oddiy askar Davr Muhammadiyev;
66 kilogram vazn toifasida — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Sheroz Bozorov;
73 kilogram vazn toifasida — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Quvonchbek Ergashev;
81 kilogram vazn toifasida — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Sanjar Kuryazov;
90 kilogram vazn toifasida — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Dilshod Kuryazov;
100 kilogramgacha vazn toifasidaUmarbek Ro‘zmamatov;
100 kilogramdan yuqori vazn toifasida — Zohidbek Rahimov.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari harbiy okrug qo‘mondonligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting