Vatanparvarlik karvoni Sariosiyo yoshlari davrasida

0
944

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada davom etmoqda. Surxondaryo viloyatining olis tog‘li hududi – Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivali ham ana shunday tadbirlar sirasiga kiradi.

Tadbirda dastlab vatanparvarlik karvoni tuman markazi bo‘ylab saf tortdi. Unda otliq va jangovor bo‘linma, bayroqdor guruh, orkestr, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat kengashi o‘quv texnikalari ham tadbirda harakatlandi.

Festivalda tuman hokimi, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari va harbiy qism komandirlari ishtirok etib, Sariosiyo yoshlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Har sohada ilg‘or tuman yoshlari uchun mazkur tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Xususan, konsert dasturlari, jangovor chiqishlar va turli sahna ko‘rinishlari sariosiyolik yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting