Mudofaa vazirligi Sport markazida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
974

Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Mudofaa vazirligi Sport markazining o‘q otish sport bazasida poytaxt yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

“Yangi O‘zbekisto yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahridagi “Al-Xorazmiy”, “Huvaydo”, “Tinchlikobod” va “Nazarbek” mahallalaridan bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar markazning malakali mutaxassislar ko‘magida pnevmatik qurollardan foydalanib, o‘q otish mashqlarini bajardilar, Shuningdek, xavfsizlik qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bilan tanishdi.

Markaz va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan yoshlar o‘q otish to‘garagida shug‘ullanish istagini bildirdilar. Ta’kidlash kerakki, “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarida harbiy sportga bo‘lgan qizini oshirishga xizmat qilib, ularning kelajakda yurt koriga yaraydigan farzand bo‘lib ulg‘ayishlariga zamin yaratadi.

Tadbir so‘nggida Sport markazi tomonidan alohida namuna ko‘rsatgan yoshlarga medal va faxriy yorliqlar bilan topshirildi. Markaz tomonidan iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash ishlari davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti