“General va yoshlar uchrashuvi” yoshlarni ruhlantirdi

0
1984

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi. Unda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi va viloyatning 100 dan ortiq yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritildi. Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

Shuningdek, Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi.

Yakunga bagʻishlangan tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat kengashi, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi, “Ishga marhamat” monomarkazi, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yigʻin ishtirokchilariga okrug qoʻshinlari qoʻmondoniligining esdalik sovgʻalari, sertifikatlar hamda davlat tashkilotlarining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting