Katta sport, katta yoʻl, katta maqsadlar

0
1204

O‘zbekiston RespublikasiQurolli Kuchlari akademiyasida “Yoshlar oyligi” doirasida yana bir tadbir boʻlib oʻtdi. Unda akademiyaning birinchi bosqich kursantlari hamda Mudofaa vazirligi Sport markazining taniqli sportchilari ishtirok etdi.

Yoshlar, ayniqsa, kursantlar orasida sportga beparvo qaraydiganlar topilmasa kerak. Hatto bolalar ham katta sport musobaqalarini, katta sportchilarni oʻzgacha hayrat bilan kuzatadilar. Ular qarshingda tursalar-chi?! Sizni qiziqtirgan savollarga javob berishga tayyorman, deyishsa-chi? Hayajonli saslar, mehr, havas toʻla yoniq nigohlar…

Oson boʻlmagan sharafli bir yoʻl, katta sport. Katta maqsadlar bilan, matonat-la erishiladigan, mardona bosib oʻtiladigan yoʻl!

Katta sportga kirib kelishingizga kim sabab boʻlgan? Ustozingiz kim? Yana nimalarni orzu qilasiz? Hayotingizdagi ilk musobaqa hayajonlarini eslay olasizmi? Qoʻrquv, hayajon boʻladimi? Ularni qanday yengish mumkin? Katta sportga necha yoshda kirib keldingiz? Qanday rejalaringiz bor? Sportchi uchun eng yuksak choʻqqi, eng yuksak marra nima bilan belgilanadi?..

Yoshlarning shu kabi koʻpdan-koʻp savollariga Mudofaa vazirligi Sport markazidan xalqaro toifadagi sport ustalari – “Shuhrat” medali sohibasi, kapitan Nadiya Dusanova, Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, kichik serjant Bobur Shokirjonov, kichik serjant Rahmon Jumayev javob berdilar.

Akademiya harbiy orkestri va muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur tadbirga alohida fayz bagʻishladi.

Inobat IBROHIMOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti