Nukusda “General va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
688

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov ishtirokida “General va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasining shahar va tumanlardan kelgan 300 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv samimiy va mazmunli suhbatga boy boʻldi. Qoʻmondon yoshlarga bolaligi, harbiy hayotga kirib kelgan yillari, kasb masʼuliyati va erishilgan yutuqlari haqida soʻzlab berdi. Suhbat asnosida “Shioringiz hamisha: Men buni bajara olaman! boʻlsin. Reja va maqsadsiz yashamang. Kitob oʻqing!”, – deya, qoʻmondon yoshlarni bilim olishga chorladi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida soʻz bordi. Bugungi kunning muhim vazifasi bilimli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalamoqdan iborat boʻlib, ular uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan. 

Shu kuni, yoshlar general bilan yaqindan suhbatlashib, oʻzlari uchun kerakli maslahat va tavsiyalarni olgani shubhasiz. Shundan soʻng ular uchun Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug tarixi muzeyi hamda harbiy qismga sayohat tashkil etildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting