Jizzaxda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi

0
1780

Jizzax shahridagi “Olmazor” massivida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar uchun qurib bitkazilgan 50 ta shinam va zamonaviy yangi xonadonlarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmodonligi, viloyat va shahar hokimligining vakillari, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uch xonali uy egalarini farovon hayot kechirishi uchun barcha qulayliklar asosida yaratilganini aytib, milliy armiyamizning salohiyatini har tomonlama oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritishdi va yangi xonadon egalariga kalitlarni tantanali tarzda topshirdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting