Bitiruvchi kursantlar yakuniy davlat attestatsiya imtihonlaridan oʻtishmoqda

0
1050

Oʻquv yili yakuni oliy harbiy taʼlim muassasalarining bitiruvchi bosqich kursantlari uchun “gʻalvir suvdan koʻtariladigan palla”. Chunki davlat attestatsiyasi boʻlajak ofitserlarning qay darajada bilim va malakaga ega boʻlishganini sinovdan oʻtkazadi.

Ayni kunlarda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bitiruvchi 5-bosqich kursantlarning yakuniy davlat imtihonlarini topshirish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Unda boʻlajak ofitserlar gumanitar fanlar, taktik maxsus tayyorgarlik, xorijiy tillar hamda harbiy maxsus va harbiy texnik tayyorgarlik boʻyicha 2 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan oʻtkazgan holda, ustozlaridan olgan saboqlarini oqlamoqda.

Bugun ular “Gumanitar fanlar” boʻyicha yakuniy majmuaviy Davlat attestatsiyasidan oʻtishdi. Kursantlar “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyati”, “Dinshunoslik” va “Dinshunoslik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy va maʼrifiy asoslari”, “Harbiy psixologiya va pedagogika”, “Harbiy huquq asoslari” fanlari boʻyicha belgilangan imtihon talablari asosida javob berishdi.

Ayni vaqtgacha kursantlarga imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun barcha qulayliklar yaratilib, qoʻshimcha konsultatsiyalar oʻtilgan.

Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari kursantlarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat taʼlim standartlari talablariga qanchalik muvofiqligini shaffof va xolisona baholashmoqda.

Xuddi shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting