“Yoshlar oyligi”ni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

0
609

Yoshlar siyosati va sport vazirligi binosida Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirokida “Yoshlar oyligi”ni samarali tashkil etish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkaziladigan ko‘plab yirik loyihalar, turli xil intellektual tanlovlar, seminar-treninglar, biznes marafonlar, sport musobaqalari hamda gala-konsertlarni o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

“Yoshlar oyligi”ni oʻtkazishdan asosiy maqsad:

  • yoshlarni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
  • yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning buyuk tarixi va maʼnaviy merosiga hurmat ruhida kamol toptirish, ularni hududlarning oʻziga xos urf-odat va anʼanalari bilan yaqindan tanishtirish;
  • davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta yutuqlarga erishgan va bugungi kunda yoshlarga namuna boʻlayotgan zamonamiz qahramonlari bilan yoshlarning uchrashuvlarini oʻtkazish va ularga kuchli motivatsiya berish;
  • kitobxonlik, sheʼriyat va nasr kechalari, mushoiralar oʻtkazish orqali yoshlarning oʻz isteʼdodlarini namoyon etishlariga koʻmaklashish, yosh ijodkorlarni kashf etishdan iborat.

“Yoshlar oyligi” hamda yakuniy respublika tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha Yoshlar ishlari agentligida Respublika shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

“Yoshlar oyligi” 3-30-iyun kunlari davomida takshil etiladi.

Jumladan, 3-10-iyun kunlari harbiy vatanparvarlik tadbirlari:

  • Maʼlumot uchun: harbiy-vatanparvarlik festivali, harbiy qismlarga tashrif, “General va yoshlar” uchrashuvi, Harbiy orkestr va ansambllar chiqishi, Amir Temur spartagiyalarini tashkil etish;

12-17-iyun kunlari intellektual oʻyinlar:

  • Maʼlumot uchun: “Zakovat” intellektual oʻyini, “Breyn-ring” musobaqasi, Chet tillari marafoni, “Munozara” turnirlari, “Shaxmat”, “Shashka” musobaqalari, “Kubik-rubik” musobaqalarini tashkil etish;

19-24-iyun kunlari sport salomatlik musobaqalari:

  • Maʼlumot uchun: yugurish marafoni, mini-futbol musobaqasi, stol tennisi musobaqasi, voleybol, strit vorkaut musobaqalarini tashkil etish;

26-30-iyun kunlari madaniyat sanʼat va turizm tadbirlari:

  • Maʼlumot uchun: “Karaoke” tanlovlari, raqs tanlovlari, QVZ tadbirlari, teatr va koʻchma kino namoyishlarini tashkil etish;
  • Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi” tanlov va musobaqalarining respublika final bosqichlarini belgilangan reja-jadval asosida oʻtkaziladi.

 

 

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting