Yoshlarning kattalarga xos taassurotlari

0
631

Yoshlikda olingan bilim, toshga oʻyilgan naqsh kabidir, deyishadi. Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da yoshlikdagi taassurotlarni ham qalbga muhrlanadigan bitikka mengzadik.

Harbiy muassasaga kelgan Toshkent viloyatida joylashgan umumtaʼlim maktablari qoshidagi “Qalqon” jasorat harbiy-sport maktablarining oʻgʻil-qizlari avvaliga qisqa muddatli videorolikda Vatan himoyachilarining hayoti, faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishgan boʻlsa, koʻp oʻtmay harbiy qism boʻylab oʻtkazilgan ekskursiyada bularning barchasiga oʻzlari guvoh boʻldilar.

– Ushbu tadbir qizgʻin savol-javoblarga boy boʻldi. Kim savol beradi? Albatta, qiziqishi bor inson. Bugun “Ochiq eshiklar kuni”da qatnashayotgan yoshlarning kattalarga xos taassurot va xulosalariga guvoh boʻldik, – deydi podpolkovnik Otabek Qiyomov. – Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida oʻtkazilayotgan keng koʻlamli harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, albatta, tez orada oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatadi.  

Harbiy psixolog bilan oʻtkazilgan trening koʻpchilikning nafaqat yodida qoldi. Balki ularning oʻzlariga boʻlgan ishonchini oshirdi, qobiliyat va imkoniyatlarini real baholash imkoniyatini berdi.

Harbiy qism bilan taʼlim muassasalari oʻrtasidagi doimiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting