“Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!”

0
894

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida keng ko‘lamli harbiy-vatanparvarlik tadbirlari boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan Markaziy harbiy okrugda ham ushbu oylikka tantanali ravishda start berildi.

Okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda yoshlar ishtirokida keng qamrovli tadbirlar reja asosida boshlab yuborildi. Ularda nafaqat yoshlar, balki faxriylar harbiy xizmatchilar, mahallar faollari hamda talabalar ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida harbiy qism va muassasalarda turli yoʻnalishlarda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda sport tadbirlari, koʻrik-tanlovlar va “Zakovat” intelektual oʻyinlari oʻtkazilishi belgilangan.

Yoshlarning shijoati va harbiy kasb egalariga boʻlgan havaslarini yanda oshirish maqsadida qo‘l jangi sahnasi, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-aslahalar namoyishi hamda harbiy orkestr jamolari va isteʼdodli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturlarini namoyish etilgani “Yoshlar oyligi‘ning vatanparvarlik ruhida boshlanganidan dalolat bermoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting