Chirchiqda harbiy qism tashkil etilgan kun tantanasi

0
2434

Bugun, 1-iyun kuni Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlardan biri tashkil etilganining 28 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirda mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boyicha o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov, harbiy xizmatchilar, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilarining milliy armiyamizda tutgan o‘rni, yuksak harbiy salohiyati, qo‘shinlar rivojiga qoshayotgan ijobiy hissasi va ko‘rsatayotkan yuksak namunalari haqida alohida to‘xtalib, e’tirof etdi.

Tantanali tadbir davomida xizmat davri davomida yutuqlarga erishgan, safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchilar diplom, qimmatbaho sovg‘a va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng, faxriylar bilan harbiy qismga sayohat uyushtirilib, sohada olib borilayotgan islohotlar, harbiy qism harbiy xizmatchilari erishayotgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berildi, zamon bilan hamnafas olib borilayotgan mashg‘ulotlar amalda namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting