Jizzaxda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
690

Jizzaxda boshlangan “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinida ishtirok etayotgan 100 nafar yoshlar bilan Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Akmal Savurbayev hamda Jizzax harbiy prokurori adliya podpolkovnigi Otabek Haydarov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Dastlab soʻzga chiqqanlar, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Jizzax tajribasi” sifatida e’tirof etilgan va uni butun mamlakatimiz yoshlari uchun joriy etishni ilgari surgan ushbu “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻining mazmun-mohiyati, undan koʻzlangan maqsad va oldingi mavsumda erishilgan yutuqlar xususida ta’kidlab oʻtishdi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv davomida birin-ketin soʻzga chiqqan yoshlar, kasb-hunarga, tartib-intizomga, tinchlikni va ota-onaning qadriga yetganliklarini, harbiy xizmatga qiziqishi organliklarini ta’kidlab, buning barchasi minnatdorchilik bildirishdi va kelajakdagi rejalari bilan bo‘lishdilar.

Shu asnoda, yoshlarning murojaatlari ham tinglandi va qoʻmondon milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini bildirgan 20 nafardan ortiq yoshlarga imkoniyat bergan boʻlsa, viloyat hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi kelajakda tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlar uchun shart-sharoit yaratib beradigan boʻldi.

Yigʻin ishtirokchilari orasida profilaktik hisobda turuvchi yoshlar esa harbiy prokuratura nazorati ostiga olindi va kelgusida oʻziga toʻgʻri xulosa chiqargan hamda barcha yoshlar singari yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshishga qaror qilgan yoshlarni bosqichma-bosqich hisobdan chiqarish choralari kelishib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting