Faol yoshlar Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan taqdirlandi

0
984

Maktablarda oʻquv yili tamomlanib, bitiruvchilar yangi hayot sari ilk qadamlarini tashladi. Shu munosabat bilan ayni kunlarda 11 yil mobaynida aʼlo oʻqishi, namunali xulqi va jamoat ishlarida faolligi bilan barchaga oʻrnak boʻlgan bir guruh yoshlar alohida eʼtirof etildi, taqdirlandi.

Xususan, Toshkent, Sirdayo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarda 25 nafardan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar ulashildi.

Maktabni aʼlo baholarga tamomlagan 11-sinf oʻquvchilarining okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan munosib taqdirlanishi oʻz navbatida boshqa oʻquvchilarni ham quvontirdi va otryad faoliyatiga, qolaversa, harbiy sohaga boʻlgan qiziqishini yana bir karra oshirdi. Bu kabi eʼtibor katta hayotga qadam tashlayotgan har bir yosh qalbida oʻziga boʻlgan ishonchni oshiradi, yanada samarali mehnat qilishga ruhlantiradi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting