Harbiy oilalar bilan ishlashga mas’ul mutaxassislar ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
1611

Mudofaa vazirligi Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislari uchun oʻtkazilgan “Harbiy oilalar mustahkamligini oshirishning amaliy metodologik asoslari” mavzusidagi ikki kunlik oʻquv-uslubiy yigʻin nihoyasiga yetdi.

Yigʻin davomida institutning ilmiy xodimlari hamda malakali psixologlarning oʻzbek oilalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, harbiy oilalar bilan ishlashning zamonaviy pedogogik-psixologik texnologiyalari, bunday oilalaridagi muloqot hamda shaxslararo munosabatlar, harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolarining yangi muhitga moslashishining oʻziga xosligi, oilaning axloqiy, diniy va huquqiy jihatlari, oilaviy ajrashishlar, unga boʻlgan yondoshuvlar, sabablari va ularni kamaytirish yoʻllari haqidagi maʼruzalari tinglandi.

Tadbir soʻngida yigʻin qatnashchilari “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ishtirok etdi.

Podpolkovnik Gulnora Xojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting