Sertifikatlar oʻz egalariga topshirildi

0
1103

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazi negizida Mudofaa vazirligida xizmat qilayotgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning ikki oylik malaka oshirish oʻquv kurslari yakunlandi.

Shu munosabat bilan markazning majlislar zalida oʻquv kurs bitiruvchilariga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tahsil olib, yakuniy sinovlarda ijobiy natijalar qayd etgani uchun markaz rahbariyati tomonidan markazning maxsus yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislik-tayyorgarlik oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar, jumladan, bugungi davr talabi asosida harbiy va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega boʻlgan malakali kadrlarni tizimli ravishda tayyorlash, bu borada kinologiya sohasida boʻlayotgan oʻzgarish, yutuq hamda kamchiliklar xususida maʼlumotlar berdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting