Harbiy oilalar mustahkamligi yoʻlida

0
1703

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy okrug, harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislari uchun 48 soatlik oʻquv dasturiga asosan “Harbiy oilalar mustahkamligini oshirishning amaliy-metodologik asoslari” mavzuidagi oʻquv-uslubiy yigʻin oʻz ishini boshladi.

Seminar davomida institutning ilmiy xodimlari hamda malakali psixologlarning oʻzbek oilalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, harbiy oilalar bilan ishlashning zamonaviy pedogogik-psixologik texnologiyalari, bunday oilalaridagi muloqot hamda shaxslararo munosabatlar, harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolarining yangi muhitga moslashishining oʻziga xosligi, oilaning axloqiy, diniy va huquqiy jihatlari, oilaviy ajrashishlar, unga boʻlgan yondoshuvlar, sabablari va ularni kamaytirish yoʻllari haqidagi maʼruzalari tinglandi.

Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar va nizoli oilalar bilan ishlash, oilada shaxslararo munosabatni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha psixologik treninglar tashkil qilindi.

Podpolkovnik Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting