Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazildi

0
2559

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi barcha harbiy qismlar va muassasalarda xizmat vazifasini oʻtayotgan Vatan himoyachilari oilalaridagi muammolarni oʻrganish hamda amaliy koʻmak berish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazildi.

Xususan, Nishon tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, Qarshi harbiy prokurori hamda okrug boshqaruv apparatining turli yoʻnalishlar boʻyicha masʼul ofitserlari tomonidan murojaatlar birin-ketin qabul qilinib, aksar masalalar joyida hal etildi. Yana baʼzilarining yechimi yuzasidan masʼul shaxslarga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, Qarshi, Muborak, Pachkamar garnizonlari va Buxoro hamda Surxondaryo viloyatida ham okrug qoʻmondoni oʻrinbosarlari boshchiligida xuddi shu mazmundagi tadbirlar oʻtkazildi.

Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida tashkil etilgan sayyor qabullar davomida ham fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rildi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting