Halok boʻlgan harbiy xizmatchining farzandiga imtiyozli tavsiyanoma topshirildi

0
912

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi maʻsullari xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchining farzandiga oliy taʻlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomani topshirdi.

Bundan bir necha yil oldin xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchi mayor Alisher Imomaliyevning Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida istiqomat qilgayotgan oila aʻzolari holidan muntazam xabar olinib kelinmoqda. Marhum harbiy xizmatchining ikki nafar oʻgʻli va bir nafar qizi boʻlib, oʻgʻillari hozirda imtiyozli tavsiyanoma asosida tibbiyot sohasida taʻlim olmoqda. Oilada kichik farzand boʻlgan Mohichexra Imomaliyevaga ham  Mudofaa vazirligining oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomasi topshirildi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻmondonligi maʻsullari, harbiy xizmatchilar, Fargʻona viloyat hokimligi vakillari, tuman mudofaa ishlari boʻlimi, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat kengashi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oila aʻzolari tomonidan davlatimizning gʻamxoʻrligi eʻtirof etilib, Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting