Senat qo‘mitasi Markaziy harbiy okrug faoliyatini oʻrganmoqda

0
2165

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yilga moʻljallangan ish rejasiga koʻra, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan Markaziy harbiy okrug misolida qoʻshinlarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik ishlarining tashkil etilishi va ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, harbiy psixologlar tomonidan harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalarda oʻzaro munosabat hamda ruhiy holatlarni boshqarish omillari oʻrganilmoqda.

Dastlab, qo‘mita ishchi guruhi okrug qo‘mondonligining “O‘zbekiston Respubkilasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish konsepsiyasi”ni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosiga asosan amalga oshirilgan ishlar hisobotini tingladi.

Shuningdek, deputatlar konsepsiyaga ko‘ra, “2022-2026-yillarda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik obyektlarini barpo etish va takomillashtirish, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratdi.

Hozirda ishchi guruh a’zolari qoʻshinlarning professional va jismoniy salohiyati, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi bilan birga, ular uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida koʻrilayotgan choralarning natijadorligini oʻrganmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting