Samarqandda “Qoʻmondon kubogi” uchun qoʻl jangi musobaqalari oʻtkazildi

0
542

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari hamda sport toʻgaraklaridagi yoshlar oʻrtasida “Qoʻmondon kubogi” uchun sportning qoʻl jangi musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqlarda 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan 70 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar 14 ta vazn toifasida oʻzaro bellashishdi. Unda yosh sportchilar shiddatli va murosasiz janglar olib borib, shaxsiy hamda umumjamoa hisobida musobaqa gʻolibligi kurashdi.

Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqa jarayonlarini okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev hamda oʻrinbosarlari ham bevosita kuzatib bordi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur musobaqa yakunida faol ishtirok etganlar okrug qoʻmondoni tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting