Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ishchi guruhi harbiy okrugning jangovar-xizmat faoliyatini oʻrganmoqda

0
1369

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yilga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan Mudofaa vazirligi Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi misolida qoʻshinlarning jangovar-xizmat faoliyati, jangovar shayligi hamda tayyorgarligini yaxshilash yuzasidan qonun hujjatlarining ijrosi holati oʻrganilmoqda.

Oʻrganish jarayonlarida qoʻmita ishchi guruhi Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi tasarrufidagi qoʻshilma, harbiy qism va muassasalarning jangovar shayligi hamda jangovar tayyorgarligi, zamonaviy kurol-yarogʻlar, harbiy texnika, oʻquv-moddiy baza, oziq-ovqat va boshqa moddiy-texnik taʼminot turlari bilan butlanish darajasi, energetika resurslari bilan taʼminlanishi, harbiy sohada qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qoʻmita ishchi guruhining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati