Ofitserlar xalqaro munosabatlar boʻyicha malaka oshirdi

0
1676

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi va koʻrsatmalariga koʻra yurtimizda harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi yangi bosqichga koʻtarildi. Bu oʻz navbatida yuksak professional mahorat va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan, nostandart vaziyatlarda tez va toʻgʻri qaror qabul qila oladigan ofitser kadrlarni tayyorlash imkonini beradi.

Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning davomi sifatida Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan qoʻshinlarning operativ-strategik boʻgʻinidagi rahbar ofitserlarning xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, diplomatik etiket va diplomatik protokol yoʻnalishlarida bilimlarini oshirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatiya akademiyasining malaka oshirish kurslarida ilk bor oʻqitilishi tashkil etildi.

1-15-may kunlari davom etgan mazkur oʻquvlar davomida ofitserlar dunyoning ayrim mintaqalarida harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, mojaro va toʻqnashuvlar koʻpayib borayotgan bir vaqtda diplomatik aloqalarni toʻgʻri tashkil etish, vaziyatga toʻgʻri baho berish hamda zarur qaror qabul qilishda ahamiyat berish zarur boʻlgan jihatlar xususida professor-oʻqutuvchilardan bilim olishdi.

Oʻquv-kurslari yakunida ofitserlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Roʻziqul OCHILOV,Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting