Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanasi

0
1255

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qism tashkil etilganiga 29 yil to‘lishi munosabati bilan mazkur qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tantanli tadbir o‘tkazildi. Ushbu harbiy qismga 1997-yil 26-mart kuni Qurolli Kuchlarning jangovar bayrogʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan faxriy yorliq shon-sharaf ramzi sifatida tantanali ravishda topshirilgan edi.

So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida 2019-yili mazkur harbiy qism kapital taʼmirdan chiqib, zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan. Eng olis garnizonda joylashganiga qaramay, har qanday vaziyatga yuqori jangovar shaylik va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlaridagi yutuqlari bilan milliy armiyamizda oʻz nufuziga ega boʻlgan ushbu harbiy qism yetuk ofitser va serjantlarni tarbiyalaydigan maskanga aylangan.

Tantanali marosimda ishtirok polkovnik Alisher Shirinov barcha harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari hamda faxriy ustozlarni samimiy qutlab, ularning kelgusi xizmatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Namunali intizomi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlgan va xizmatiga sidqidildan yondashgan bir guruh harbiy xizmatchilar qoʻmondonlik, harbiy qism komandirining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni