“Milliy armiyamiz yoshlar nigohida”

0
370

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Navoiy shahridagi “Maʼrifat” MFYda joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoshlari keng jalb qilingan holda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festivalda harbiy orkest jamoasining vatanparvarlik ruhidagi ijro etgan kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqichlari, qoʻl jangi elementlarining namoyish etilgani barchaga birdek manzur boʻldi.

Ushbu tadbirlar orqali harbiy xizmatchilar yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yanada oshirishga erishmoqdalar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati