Harbiy xizmatchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi

0
1898

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining ofitserlari ishtirokida operativ-safarbarlik yigʻini boʻlib oʻtdi.

Yigʻin davomida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, maʼnaviy-maʼrifiy va jangovar tayyorgarligi boʻyichi bilimlari ham nazariy, ham amaliy sinovlardan oʻtkazildi.

Xususan, Chirchiq dala oʻquv maydonida ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish va otish tayyorgarligi boʻyicha meyorlarni bajargan ofitserlar mashgʻulot rahbari tomonidan baholanib borildi.

Yigʻin davomida operativ boshqaruvni tashkillashtirishda yagona yondashuvni belgilashga oid rahbariy hujjatlar talablarini yetkazish boʻyicha nazariy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi. Uch kunlik yigʻinda oʻzlarini ijobiy tomondan koʻrsatib, yuqori kasbiy mahoratlarni namoyon qilgan ofitserlar eʼtirof etildi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi yigʻinlar ofiserlarni qoʻshinlar boshqaruvini tashkil etish hamda qoʻyilgan har qanday jangovar vazifalarni yuqori saviyada bajarishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti