Fargʻonada “Amir Temur avlodlari” respublika harbiy-sport musobaqalari oʻtkazildi

0
706

Fargʻona shahrida respublikamizning barcha kuch tuzilmalari tasarrufidagi harbiy-akademik litseylar kursantlari ishtirokida “Vatanparvarlar” harbiylashtirilgan sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar “Harbiy-sport koʻpkurashi kompleksi”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Milliy kurash” va “Oʻq otish” harbiy-sport turlari boʻyicha bellashdi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqalar yakuni hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻmondonligi, harbiy-akademik litseylar vakillari, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, musobaqa qatnashchilarinining jamoaviy jipsligi va uyushqoqlik bilan harakat qilganini eʼtirof etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi hamda diplom, medal va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting