Mudofaa vazirligiga 2023-yilning dastlabki to‘rt oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar hisoboti

0
657

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Mudofaa vazirligida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda ogʻzaki murojaatlarida koʻtarilgan muammolarni hal etish borasida belgilangan tartibda tegishli tadbirlarni amalga oshirdi. 2023-yilning 1-mayigacha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1711 ta murojaatlar kelib tushgan. Ulardan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali – 911 ta;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabulxonasi orqali – 446 ta;
  • Bosh prokuratura orqali – 22 ta;
  • 332 ta ogʻzaki murojaatlar.

Shuningdek, 162 ta murojaatlar taalluqliligi yuzasidan tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborildi. Qolgan 1549 ta murojaat Mudofaa vazirligi markaziy apparati bosh boshqarma, boshqarma va harbiy okruglar rahbariyati tomonidan koʻrib chiqildi.

Kelib tushgan ariza va murojaatlarning 769 tasi qanoatlantirilgan, 855 tasiga huquqiy maslahat berilgan, 87 tasi hozirgi kunda oʻrganilmoqda.

2023-yil 1-maygacha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining:

  • 684 tasi – Kadrlar bosh boshqarmasi (harbiy xizmatchilarni oilaviy sharoitiga koʻra xizmat joyini koʻchirish, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish, harbiy xizmatni tiklash);
  • 312 tasi – Uy-joydan foydalanish boshqarmasi (uy-joyni xususiylashtirish va uy joy bilan taʻminlash);
  • 147 tasi – Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasi (muddatli harbiy xizmatga chaqirish, SChR masalasi);
  • 123 tasi – Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi (harbiy xizmatchilarning olilaviy masalalari);
  • 119 tasi – Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi (ish va xizmat haqqi, nafaqa va ijtimoiy taʻminot masalalari);
  • 37 tasi – Tibbiy taʻminot boshqarmasi;
  • 30 tasi – Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi ;
  • 259 tasi – boshqa boʻlim va boshqarmalar faoliyatiga tegishli boʻlgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting