“Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

0
7479

Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizonidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasiman!” shiori ostida “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining Mudofaa vazirligi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlovni yuqori savida oʻtkazish maqsadida okrug qoʻmondonligi tomonidan yuqori tayyorgarlik koʻrilib, ishtirokchilar va mehmonlar harbiy orkestr sadolari ostida kutib olinish bilan birga, Jizzax viloyatining urf-odatlariga xos hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy kuy-qo‘shiqlari namoyon etildi.

Tanlovda beshta harbiy okrug, uchta qoʻmondonlik va bitta bilim yurtidan jami toʻqqiz nafar harbiy xizmatchining oilalari “Oilam — mening baxtim”, “Men uddaburon oila bekasiman”, “Farzandim — dilbandim”, “Sanʼatim — saodatim” shartlarida bellashib, chin maʼnoda ibratli oilalar ekanliklarini sahna orqali isbotlashdi.

Shuningdek, tanlovda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev va Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev ishtirok etdi.

15-may — Xalqaro oila kuni arafasida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan ushbu tanlov harbiy oilalarni ijodiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega boʻlishga undash bilan birga eng asosiysi har tomonlama ibratli oilalarni aniqlab beradi.

Oilalar har bir shartga oʻzining xizmat burchini bajarayotgan hududning milliy urf-odatlari va anʼanalari, kuy-qoʻshiqlari uygʻunligida tayyorgarlik koʻrgan boʻlib, shu orqali uzoq asrlardan buyon saqlanib kelinayotgan qadriyatlarimizga nechogʻlik hurmat-ehtiromda ekanligini namoyon etishdi.

Ushbu bosqichni adolatli va shaffof tarzda oʻtishini ta’minlash maqsadida Qonunchilik palatasi deputalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzolari Nodira Djanibekova va Oybarchin Bekmurodova, Oʻzbekiston Kasaba uyushmasi maʼsul xodimi Hasan Yarmatov, taniqli va mahoratli aktrisalar Barnoxon Qodirova va Oygul Abrurahmonova ishtirokida hakamlar hayʼati tuzildi.

Koʻrik-tanlovning yakuniy natijalariga quyidagicha bo‘ldi:

  • 1-oʻrin — mayor Gʻayrat Madrahimov oilasi (Sharqiy harbiy okrug);
  • 2-oʻrin — III-darjali serjant Sharif Elmurodov oilasi (TOQQQ);
  • 3-oʻrin — kichik serjant Oʻktam Primqulov oilasi (Toshkent harbiy okrug).

Soʻzga chiqqan mudofaa vaziri oʻrinbosari koʻrik-tanlovning har bir sharti davomida harbiy oilalarning shijoati va matonatini, farzandlarining erishayotgan yutuqlarini eʼtirof etdi. Buning zamirida harbiy qismlardagi harbiy oilalar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislarning roʻli ham katta ekani e’tibordan chetda qolmadi.

Yakunda gʻolib va sovrindor harbiy oilalarga Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi, viloyat hokimligi, okrug qoʻmondonligi va bir qator tashkilotlarning diplom, vaucher hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting