Turar-joy taʼminoti yoʻnalishida avtomatlashtirilgan elektron platforma yaratildi

0
2342

Mudofaa vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Respublika harbiy prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan Qurolli Kuchlar tizimida harbiy xizmatchilarning turar-joy taʼminotini tartibga soluvchi avtomatlashtirilgan elektron platforma, yaʼni maʼlumotlar uzatishning yopiq tizimiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning hududlardagi uy-joy taʼminotiga masʼul vakillar onlayn shaklda ishtirok eishtdi.

Dastavval, soʻzga chiqqanlar elektron platformaning yaratilish zarurati hamda uning ishlash tizimi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib, yigʻilish ishtirokchilarining uy-joy taʼminotida mazkur platformaning afzal tomonlariga oid savollariga atroflicha javob berishdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, mazkur elektron platforma hujjat ishlarida inson omilini kamaytirish imkonini beruvchi bir qator qulayliklarga ega boʻlib, uy-joy taʼminotiga masʼul mansabdor shaxslarning bu boradagi faoliyatini elektron tarzda tartibga soladi. U quyi boʻgʻinlar faoliyati nazoratini soddalashtiribgina qolmasdan hujjatlarni toʻplab, uy-joy komissiyasiga taqdim qilishni osonlashtiradi hamda turar-joylar taqsimotining shaffofligi va adolatligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Hilola Eshtemirova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting