Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi

0
854

Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olinib, ularga davlatimiz rahbarining sovgʻalari tantanali ravishda topshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida istiqomat qilayotgan jami 32 nafar urush faxriysiga Prezidentimiz farmoni asosida pul mukofotlari, bayram sovgʻalari topshirildi.

Fargʻona viloyatida 19 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi umrguzaronlik qilayotgan boʻlib, ularga Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektor rahbarlari, harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi 7 nafar va Andijon viloyatidagi 6 nafar urush faxriylariga ham sovgʻalar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting