Imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi

0
10792

Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida okrug qoʻshinlarining harbiy qism va muassasalarida kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori talablariga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga esa oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilinish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.

O‘tkazilgan mazkur marosimda ham shunday imkoniyatga ega bo‘lgan 100 ga yigit-qizlarga besh foizli kvota hamda bir nafariga davlat granti asosida Oliy ta’limning bakalavriat bosqichiga tanlovsiz o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting